“O‘zbekiston – Germaniya tibbiyot Forumi” o‘z ishini boshladi.
26.05.2023 2023-05-26 17:15“O‘zbekiston – Germaniya tibbiyot Forumi” o‘z ishini boshladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan joriy yilning 26-27 may kunlari Samarqand shahri “Silk Road Samarkand” kompleksidagi Kongress markazida “O‘zbekiston – Germaniya tibbiyot Forumi” o‘z ishini boshladi.

Muhtasham zalda O‘zbekiston va Germaniya sog‘liqni saqlash tizimi mas’ullari, soha kompaniyalari vakillari jam bo‘lgan.
Forumni O‘zbekiston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim muasasasi rahbarlari bilan birga BuxDTI rektori Shuxrat Teshayev ham ishtirok etmoqda.