BuxDTI matbuot xizmati

“O‘zbekiston – Isroil Birinchi akademik forumi”

photo_2022-09-13_10-20-37

“O‘zbekiston – Isroil Birinchi akademik forumi”

Joriy haftada Buxoro shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston – Isroil Birinchi akademik forumi” o‘z ishini tibbiyot sohasida ham davom etdi.

Peshko‘ tumanidagi Afshona qishlog‘ida Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘tkazilgan anjumanga Buxoro tibbiyot instituti mezbonlik qildi.

Anjumanga tashrif buyurgan mehmonlar Afshonadagi Ibn Sino muzeyida bo‘lib. u yerda saqlanayotgan eksponatlar bilan tanishishdi. Shuningdek, institutning birinchi kursiga qabul qilingan talabalarning “Shifokorlikka qasamyod” tadbirida ishtirok etdi.

Texnikumning katta zalida onlayn formatda o‘tkazilgan anjuman ish kunida ikki davlatdan olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.