BuxDTI matbuot xizmati

O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Z.To’yeva Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Viloyat ishchi guruhi rahbari1

O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Z.To’yeva Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 30-aprel kuni Viloyat ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Z.To’yeva Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurib, institut rahbariyati bilan suhbat olib bordi.

Viloyat ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Z.To’yeva tashrif davomida institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektorning 2024-2025-o’quv yili uchun tasdiqlangan ish rejasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holati bilan tanishib chiqdi.

Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurgan ishchi guruh institut kutubxonasiga tashrif buyurib, kutubxona faoliyati, unda talaba-yoshlar uchun tashkil qilingan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi.

Viloyat ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Z.To’yeva institut talaba-yoshlari bilan ko’rishib, suhbat olib bordi. Suhbat davomida talabalarning savol va takliflari bilan tanishib chiqdi.

Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurgan ishchi guruh institut yutuqlari bilan tanishib chiqdi. Viloyat ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Z.To’yeva institutda tashkil qilingan “KARAOKE CLUB” ga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishib, unda ishtirok etgan talabalar xordig’iga guvoh bo’ldi.

Ishchi guruh Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalar turarjoyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan suhbat olib borib, ularga yaratilgan shart-sharoitlardan samarali foydalanishlarini ta’kidlab o’tdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.