BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Bellorusiyada bo’lib qaytishdi

e6bfd272955e8e56edbc9

Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Bellorusiyada bo’lib qaytishdi

So‘nggi yillarda mamlakatimiz hamda Belarus Respublikasi o‘rtasida barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash sohasida ham hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. 27-29 noyabr kunlari Minsk shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston – Belarus tibbiyot forumi” buning yorqin amaliy isboti bo‘ldi. Muhtasham zalda ikki mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari, yetakchi tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, yirik farmasevtika korxonalari rahbarlari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari vakillari jam bo‘lgan.

Tadbir avvalida Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Igor Petrishenko, ushbu mamlakatning sog‘liqni saqlash vaziri Dmitriy Pinevich so‘zga chiqib, ishtirokchilarga qutlov so‘zlarini yo‘lladi.

Ikkala davlat sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi mutaxassislar, tibbiyot oliygohlari rahbarlari ishtirok etgan anjumanda ikki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirliklari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va ularning hududiy filiallari, tibbiyot oliygohlari, viloyat, tuman va shahar sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasida turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish to‘g‘risida 100 dan ortiq memorandum va kelishuvlar imzolandi.

Xalqaro forum doirasida diagnostika va reabilitatsiya, onkologiya, kardiologiya va kardiojarrohlik, onalik va bolalik, transplantologiya, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, tibbiy ta’lim kabi mavzularda 8 ta sho’ba yig‘ilishi o‘tkazildi. Sho’ba yig‘ilishlarida ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama etildi.

Sektor yig‘ilishlarining asosiy maqsadi O‘zbekiston hamda Belarus Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlarini namoyish etish, Ikki davlat tibbiy muassasalari va xususiy korxonalari uchun yangi takliflar kiritishdan iborat. O’zbekiston va Belorus Respublikasidan 200 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etayotgan forumda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J. Teshayev va institut ta’lim sifatini nazorat qilish departamenti boshlig‘i S.S. Davlatov, akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti N.K. Dustova, yadro tibbiyoti va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri J.J. Jonibekov xam ishtirok etdi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Belarus Respublikasi bilan o’zaro manfaatli hamkorlik va birgalikdagi faoliyatni rivojlantirish maqsadida quyidagi kelishuvlarni amalga oshirishga muvofiq bo’ldi:

–      Belarus davlat tibbiyot universiteti

–      “Gomel davlat tibbiyot universiteti”

–      “Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi Respublika ilmiy-amaliy markazi”

–      Minsk jarrohlik, transplantatsiya va gematologiya ilmiy-amaliy markazi

–      N.N. Aleksandrov nomidagi onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy markazi

–      “Transfuziologiya va tibbiyot biotexnologiyalari respublika ilmiy-amaliy markazi”

–      “Belfarmprom xolding boshqaruv kompaniyasi”

Shartnomalar davolash va tibbiy tadqiqotlar sohasidagi turli loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun bilim, tajriba va imkoniyatlarni, ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik, oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimlarining samarali ishlashiga ko’maklashish, shuningdek, qo’shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va texnik ishlanmalarni amalga oshirish sohasida innovatsion va ilmiy-texnik hamkorlik, shu jumladan, yetakchi olimlar, doktorantlar, magistrantlar almashinuvi hamda tomonlarning ichki qonunchiligiga muvofiq xalqaro kooperatsiya va o’zaro manfaatli hamkorlik shartlarida birlashtiradi.