BuxDTI matbuot xizmati

O‘zbekistonning Italiyadagi faxriy konsuli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

6b5313d18ca877da803da

O‘zbekistonning Italiyadagi faxriy konsuli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi Marke va Abruzzo viloyatlaridagi faxriy konsuli va “Verbumlandiart” madaniyat assotsiatsiyasi a’zosi Aida Abdullayeva mehmon bo‘lib turibdi.

Konsulning mamlakatimizga tashrifidan asosiy maqsad yurtimiz madaniyati va turizm salohiyatini Yevropada keng yoritish hamda ikki davlat o‘rtasida madaniyat, turizm va fan-ta’lim yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Konsulning mamlakatimizga tashrifidan asosiy maqsad yurtimiz madaniyati va turizm salohiyatini Yevropada keng yoritish hamda ikki davlat o‘rtasida madaniyat, turizm va fan-ta’lim yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Bugun Buxoro viloyati hokimligi kichik zalida yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari o‘rinbosari Mirali Hamroyev BuxDTI va Buxdu rektor va prorektorlari ishtirokida Aida Abdullayeva bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda turizm va madaniy meros boshqarmasi viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qator loyihalar va kelgusidagi rejalar haqida fikr almashishdi.

Shuningdek, Buxoro viloyatidagi iqtidorli yoshlarning ijodi va san’atini Italiyaga namoyish etish maqsadida xorijiy ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, o‘zbek milliy liboslaridan iborat modalar namoyishini tashkillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Muloqot chog‘ida so‘z olgan rektorlar Obidjon Hamidov va Shuxrat Teshayev ikki davlat o‘rtasidagi ilm-fan sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, kelgusida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi jarayonlarini yo‘lga qo‘yish masalalari haqida o‘z fikr mulohazasini bildirishdi.

Shu o‘rinda A.Abdullayeva OAV vakillari tomonidan bugungi O‘zbekiston hududida rivojlangan tarix, madaniyat va turli tamaddunlarga xos, qadimiy madaniy meros durdonalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Italiya auditoriyasi uchun sifatli materiallar tayyorlanishini ta’kidladi.