“Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” shiori ostidagi madaniy tadbir Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tdi
14.10.2025 2025-10-15 12:58“Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” shiori ostidagi madaniy tadbir Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tdi
“Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” shiori ostidagi madaniy tadbir Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro talabalarning ishtirokida “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” shiori ostida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir do‘stlik, o‘zaro hurmat va millatlararo totuvlik ruhida o‘tkazildi.









Ushbu tadbirda institutda tahsil olayotgan Pokiston, Hindiston, Turkmaniston, Iordaniya, Misr, Rossiya, Bangladesh, Janubiy Koreya va yana o‘nlab davlatlardan kelgan xorijiy talabalar faol ishtirok etdilar. Ular o‘z millati va elatiga xos an’ana, madaniyat, milliy libos hamda raqslarini namoyish etdilar.








Tadbir davomida turli xalqlarning milliy kuy-qo‘shiqlari, raqslar, taomlar va urf-odatlar aks ettirildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, videotaqdimotlar va badiiy chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.













Hakamlar hay’ati tomonidan jamoalarning chiqishlari baholab borildi. Har bir jamoa o‘ziga xos ijodiy yondashuv, milliy ruh va sahna madaniyati bilan ajralib turdi. Yakunda eng faol va tashabbuskor ishtirokchilar tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.









Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar jamoasi xorijiy talabalar faoliyatini yuksak baholab, O‘zbekistonning bag‘rikenglik, tinchlik va millatlararo totuvlik tamoyillari yoshlar qalbida mustahkam o‘rin egallayotganini ta’kidladilar.








