Payshanba — yoshlar bilan muloqot va imkoniyatlar kuni
03.06.2026 2026-06-06 8:41Payshanba — yoshlar bilan muloqot va imkoniyatlar kuni
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni mamlakatimizda yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratiladigan kun sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan institutda bitiruvchi talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda institut rektori Shuxrat Teshayev bitiruvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning kelgusi rejalari, kasbiy faoliyatini boshlashi hamda ta’limni davom ettirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.




Muloqot davomida bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ulardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, magistratura hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qishni davom ettirish istagida bo‘lgan yoshlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning kelajakdagi maqsadlarini belgilash va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.


