BuxDTI matbuot xizmati

Peshko‘ tumanida bepul tibbiy ko‘rik va deputatning sayyor qabuli o‘tkazildi

cropped-logo_250x250.png

Peshko‘ tumanida bepul tibbiy ko‘rik va deputatning sayyor qabuli o‘tkazildi

Bugun xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev tashabbusi bilan Peshko‘ tumani Quchoq MFY hududida joylashgan oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbirda Quchoq, Mang‘itlar, Sariob va Nabiraxo‘ja qishloqlari aholisi uchun keng ko‘lamli tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Ushbu tashabbus fuqarolar salomatligini nazorat qilish, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Tibbiy ko‘rik doirasida malakali shifokorlar tomonidan turli tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilib, zarur maslahatlar berildi. Aholi orasida surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar va maxsus parvarishga ehtiyojmand fuqarolarga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida deputat Shuhrat Teshayev ishtirokida sayyor qabul ham tashkil etildi. Unda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy masalalar, turmush sharoitini yaxshilashga oid taklif va fikr-mulohazalari bilan murojaat qilishdi.

Ushbu tadbir aholining ijtimoiy va sog‘liqni saqlash masalalariga qaratilgan muhim tashabbus bo‘lib, sog‘lom jamiyat barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolar ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z salomatligini tekshirtirish va muammolariga yechim topish imkoniga ega bo‘lishdi.

Bu kabi tibbiy va ijtimoiy loyihalar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.