BuxDTI matbuot xizmati

Polsha oliy biznes maktabi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

photo_2023-10-11_10-40-07

Polsha oliy biznes maktabi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 7-oktyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot institutiga Polsha davlati Oliy biznes maktabi – LOUS universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. LOUS universiteti (Wyzsza Szkola biznesu National Lous university) rektori Gospodin Dariush Vojnyak hamda xalqaro bo’lim boshlig’i Hanna Hrechyshkinalarni BuxDTI rektori Shuhrat Teshayev, prorektorlar kutib olishdi.

Tashrifdan maqsad Polsha Davlatining Oliy biznes maktabi va  oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, “Sogliqni saqlashda menedjment” ixtisosligi boyicha hamkorlini davom ettirish bo’ldi.

Mazkur oligoh bilan 2019-2020 yilidan boshlab Sog‘liqni saqlashda menedjment mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura, tibbiy bionformatika yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma  bakalvrait tashkil qilingan.

Bugungi kunda 12 nafar magistr mutaxassisliklari ikkita tomonlama diplom olgan.

Bakalavriat yo‘nalishidagi qo‘shma ta’lim dasturida 100 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda.