Polshaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Buxoroga tashrif buyurdi
15.04.2026 2026-04-17 9:48Polshaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Buxoroga tashrif buyurdi
Polshaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Buxoroga tashrif buyurdi
Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Tibbiyot va texnologiyalar kongressi” doirasida Polsha Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya Buxoro shahriga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Buxoro temir yo‘l vokzalida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshayev hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Laziz Niyozov rasmiy tarzda kutib oldi.







Delegatsiya tarkibida Varminsko-Mazurskiy universiteti rektori Jerzy Andrzej Przyborowski, Lodz texnologiya universiteti rektori Krzysztof Jóźwik, Belostok tibbiyot universiteti rektori Marcin Moniuszko, Lodz tibbiyot universiteti rektori Lucyna Alicja Woźniak, Pomorsk universiteti rektori Zbigniew Osadowski, Gdansk tibbiyot universiteti rektori Michał Jan Markuszewski hamda Dombrova-Gurnichadagi Visha biznes maktabi rektori Katarzyna Szczepanska-Woszczyna ishtirok etdi.









Tashrif davomida mehmonlar Buxoro shahrining tarixiy va madaniy obidalari bilan tanishdilar. Shuningdek, ular Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurib, muassasaning muzeyi, Axborot-resurs markazi hamda xalq tabobati laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va yuqori baho berdilar.









Bundan tashqari, delegatsiya a’zolari institutning zamonaviy klinikasi va o‘quv jarayonlari bilan tanishib, ta’lim sifati va amaliy tayyorgarlik darajasini yuqori e’tirof etdilar.
Uchrashuv davomida tibbiyot ta’limi va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.






