BuxDTI matbuot xizmati

Professor Amlayev K. R.ning 2025-yilda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) “Sog‘lom shaharlar” loyihasi doirasidagi xalqaro konferensiyadagi ishtiroki (Bursa, Turkiya)

Sog‘lom shaharlar1

Professor Amlayev K. R.ning 2025-yilda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) “Sog‘lom shaharlar” loyihasi doirasidagi xalqaro konferensiyadagi ishtiroki (Bursa, Turkiya)

💠2025-yil 17-20-iyun kunlari Turkiyaning Bursa shahrida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa sog‘lom shaharlar tarmog‘i tomonidan o‘tkaziladigan yillik ishchi uchrashuvi va texnik konferensiya (Annual Business Meeting and Technical Conference) bo‘lib o‘tdi.

🔗Konferensiyada 28 mamlakatdan 460 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Ishtirokchilar qatorida siyosatchilar, sog‘lom shaharlar milliy tarmoqlarining vakillari, jamoat salomatligi, urbanistika va ekologiya sohasidagi mutaxassislar, BSST vakillari, ilmiy muassasalar va nodavlat tashkilotlar bo‘lishdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadlari:

🔷Sog‘lom shaharlar rivojlanishining strategik ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish;

🔷VII bosqich (2019–2025-yillar) ishlarining yakunlarini sarhisob qilish;

🔷Yangi VIII bosqichni boshlash, uning asosiy yo‘nalishlari va majburiyatlarini belgilash;

🔷Barqaror rivojlanish kontekstida jamoat salomatligi va urbanistik siyosat masalalarini muhokama qilish;

🔷Ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashish uchun maydon yaratish.

🏛Tibbiyot fanlari doktori, professor, Karen Robertovich Amlaev, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti profilaktik tibbiyot, jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash boshqaruvi kafedrasi professori sifatida konferensiya ishida BSST “Sog‘lom shaharlar” loyihasining ilmiy qo‘mitasi a’zosi sifatida ishtirok etdi.