Professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar “I.M.Sechenov” nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetida bo‘lib qaytishdi.
26.05.2025 2025-05-27 10:58Professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar “I.M.Sechenov” nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetida bo‘lib qaytishdi.
Professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar “I.M.Sechenov” nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetida bo‘lib qaytishdi.
🏛✅Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Preventiv tibbiyot, jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti kafedrasi professor-o’qituvchilari “I.M.Sechenov” nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetida xizmat safarida bo’lib qaytishdi.


✅Safar davomida ushbu nufuzli Xalqaro oliy ta’lim muassasida tashkillashtirilgan “Profilaktik tibbiyot va jamoat salomatligining dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etib, ushbu konferensiya doirasida bo‘lib utadigan XIII Epidemiologiya bo’yicha Butunrossiya talabalar olimpiadasiga qatnashadigan talabalarga rahbarlik qilish hamda akademik mobillik dasturi doirasida I.M.Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti talabalarga ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o‘tkazildi.



🕐Buxoro davlat tibbiyot institutining “Avitsenna” jamoasi 7 ta davlatdan qatnashgan 21 ta jamoalar o‘rtasida faxrli 1-o’rinni egallashdi. Bundan tashqari professor-o’qituvchi va talaba yoshlar Xalqaro konferensiyada o‘zlarining ilmiy ishlari doirasida ma’ruzalar bilan chiqishlar qilib Xalkaro sertifikatga ega bo‘lishdi.

