BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Professor-o’qituvchilar mahallalarda

photo_2024-06-20_10-46-22

Professor-o’qituvchilar mahallalarda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31 may– 1 iyun kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilab berilgan ustuvor vazifalar qadim Buxoroning yaqin istiqboldagi rivojlanish strategiyasini o‘zida mujassam etadi. Xususan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari viloyatni kambag‘allik, ishsizlik va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish hamda boshqa bir qator muhim sohalarda “Buxoro tajribasi”ni yaratishni ustuvor vazifa sifatida belgilab berdi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi tomonidan viloyatda kambag‘allikni qisqartirishga ko‘maklashish borasida amaliy ishlarni boshlashdi.

Bugun Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Qarshi filiali direktori Jasur Eshtemirov va rektor Shuxrat Teshayev boshchiligidagi bir guruh o‘qituvchilar Kogon tumanidagi mahallalarda tegishli mas’ullar bilan kelgusida bajariladigan amaliy ishlar bo‘yicha muhokamalar olib borishdi.

BuxDTI jamoasining mahallar faoliyatinini samaradorligini oshirish yo’lidagi faoliyatlari davom etmoqda.