PROFESSOR SALIM DAVLATOV «YILNING ETAKÇI MUALIFI» NOMINATSIYASI BÖYIÇA TAQDIRLANDI
04.11.2026 2026-11-04 11:59PROFESSOR SALIM DAVLATOV «YILNING ETAKÇI MUALIFI» NOMINATSIYASI BÖYIÇA TAQDIRLANDI
PROFESSOR SALIM DAVLATOV «YILNING ETAKÇI MUALIFI» NOMINATSIYASI BÖYIÇA TAQDIRLANDI
Buxoro davlat tibbiyot instituti professori, tibbiyot fanlari doktori Salim Sulaymonovich Davlatov 2026-yil 29-oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanış agentligi tomonidan tibbiyot fanlari sohasida «Yilning etakçi muallifi» nominatsiyasi böyiça taşakkurnoma bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof olimning xalqaro ilmiy naşrlardagi faol iştiroki, tadqiqot natijalarini xalqaro ilmiy hamjamiyatga etkaziş borasidagi samarali mehnati hamda mamlakatimiz ilm-fani rivojiga qo‘şayotgan hissasi e’tirof etilişidir.


InnoWeek–2026 xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida yuqori natijalarga erişgan olimlarni taqdirlaş uçun maxsus nominatsiyalar e’lon qilingan. Taşkilotçilarning rasmiy axborotiga körasiga, «Yilning eng etakçi muallifi» nominatsiyasida 2025-yildagi ilmiy maqolalari yuqori iqtibos körsatkiçlariga ega bölgan mualliflar, «Yilning eng faol naşiri» nominatsiyasida esa xalqaro ilmiy bazalarda eng köp ilmiy işlar naşr etgan mualliflar e’tirof etilişi belgilangan. Saralaşda Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari körsatkiçlaridan foydalaniş, şuningdek, ilmiy naşrlar bilan bağliq akademik halollik talablariga rioya etiş muhim şartlar sifatida belgilangan (Rasmiy manba: https://innoweek.uz/uz/news/221).
Professor S.S. Davlatovning Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidagi mualliflik profili va 2025–yilgi bibliografik ma’lumotlari uning tibbiyot sohasidagi faol ilmiy-naşriyot faoliyatini aks ettiradi. 2026–yil 30–oktabrda olingan Scopus ma’lumotlari eksportining dastlabki tahliliga köra, professor S.S. Davlatovning 2025–yilga oid 21 ta ilmiy işi qayd etilgan. Şuningdek, Özbekiston affiliatsiyasiga ega tibbiyot olimlarining 2025-yilgi 745 ta Scopus yozuvini qamrab olgan alohida eksport ma’lumotlarining dastlabki tahlilida professor S.S. Davlatovning xorijiy taşkilotlar iştirokisiz çop etilgan 15 ta ilmiy işi ajratilgan. Mazkur tahlilda Özbekistonning turli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari olimlari bilan hamkorlikda bajarilgan tadqiqotlar milliy ilmiy hamkorlik natijalari sifatida hisobga olingan. Uşbu körsatkiçlar olimning mamlakatimiz ilmiy muassasalari bilan hamkorlikdagi naşr faolligini aks ettiradi. Mazkur tanlanma respublika miqyosidagi barcha tibbiyot olimlarining töliq qiyosiy reytingi sifatida talqin qilinmasligi lozim.



Scopus Author ID: 57219956374
Scopus mualliflik profili: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57219956374
Professor S.S. Davlatovning asosiy ilmiy faoliyati xirurgiya sohasi bilan bağliq bölib, uning tadqiqotlarida qorin böşliği a’zolarning xirurgik kasalliklari, öt yöllari patologiyalari, çurnalarni jarrohlik yöli bilan davolaş, operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini oliş hamda zamonaviy xirurgik texnologiyalarni takomillaştiriş masalalari muhokama qilinadi. 2025-yilda çop etilgan ilmiy işlar orasida laparoskopik gernioplastika, cov çurnalari xirurgik davolaş, metabolik sindrom bilan bağliq jarrohlik amaliyotlari va ötkir içak tutilişi kabi dolzarb yo‘nalişlarga oid tadqiqotlar mavjud. Olimning mazkur yo‘nalişlardagi ilmiy faoliyati xirurgik amaliyotni takomillaştiriş, klinik natijalarni yaxşilaş va mahalliy ilmiy tadqiqotlarni xalqaro ilmiy maydonda kengroq namoyön etişga qaratilgan.
Professor Salim Sulaymonovich Davlatovning tibbiyot fanlari sohasida «Yilning etakçi muallifi» nominatsiyasi böyiça taqdirlaşini Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy jamoasi uçun muhim voqeadir. Mazkur e’tirof institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni xalqaro ilmiy maydonda kengroq namoyön etiş, milliy ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş va professor-öqituvçilarning ilmiy-naşriyot faolligini rağbatlantiriş nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi professor Salim Sulaymonovich Davlatovni uşbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi yutuqlar tilaydi.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati