BuxDTI matbuot xizmati

Profilaktik tadbir

profilaktik tadbir4

Profilaktik tadbir

📌Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish,  Xotin-qizlarni tazyiq va zuravonlikdan himoya qilish maqsadida Buxoro viloyat IIB ma’sul xodimlari hamda institut profilaktika inspektori  G.Odilova ishtirokida oliygoh pedagoglari bilan profilaktik tadbir o’tkazildi.

✔️Tadbirda tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga beriladigan “Ximoya orderi” berish tartibi to’g’risida, nizoli oilalarda kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga ko’maklashish to’g’risida ma’lumotlar berib o’tildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi to‘g‘risida” O‘RQ-901-son Qonuni 19-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlash vazifasi yuklatilganliginini ma’lumot uchun qabul qiladi.Mazkur topshiriq ijrosini ta’mish maqsadida Buxoro davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida” Qonunining mazmun mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi. O’quv seminarida 40 dan ortiq professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi. Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to’lash, rag’batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari ,pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’si davlat himoyasi ostida bo’lishi, pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag’ ushlab qolish qat’iyan man qilinganligi bilan bog’liq masalalar to’grisida ta’kidlab o’tildi.