BuxDTI matbuot xizmati

Prorektor AQShning Webster universitetida bo‘lib qaytdi

Prorektor AQShning Webster universitetida bo‘lib qaytdi1

Prorektor AQShning Webster universitetida bo‘lib qaytdi

✔️Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Z.S. Baxranova yaqinda AQShning Sent-Luis shahrida joylashgan Webster universitetida xizmat safari bilan bo‘lib qaytdi. U safar davomida ushbu Xalqaro oliy ta’lim muassasasida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim tizimi va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

🤔Mazkur tashrif davomida o‘zaro tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim jarayonlarini ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha muhim kelishuvlar amalga oshirildi. Xususan, kelgusida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ham xalqaro standartlarga mos ta’lim tizimini rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

📣Eslatib o‘tamiz, Webster universiteti — xalqaro maqomga ega bo‘lgan xususiy oliy o‘quv yurti bo‘lib, uning bosh kampusi AQShning Sent-Luis shahrida joylashgan. Dastlab ayollar uchun mo‘ljallangan diniy-kommunal muassasa sifatida tashkil topgan ushbu universitet bugungi kunda yagona akkreditatsiyalangan, aralash ta’lim beruvchi xususiy universitet hisoblanadi. Webster universitetining Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika va Yevropa qit’alarida filiallari mavjud bo‘lib, u global ta’limga asoslangan yondashuvi, zamonaviy o‘quv dasturlari hamda 148 mamlakatdan kelgan talabalar o‘rtasida bilim va tajriba almashish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.