Psixologik seminar trening
27.05.2023 2023-06-01 10:00Psixologik seminar trening

Psixologik seminar trening
27-may kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalar bilan ” Jamoada psixologik iqlimni sog‘lomlashtirish va ruhiy toliqishni oldini olish “ga qaratilgan psixologik seminar trening bo‘lib o‘tdi.
Talabalarga jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bu oiladan iboratligi, oiladagi notinch vaziyatlar farzand salomatligiga va ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda qanday jamoa bo‘lmasin, unga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi videorolik orqali tushuntirildi.
Talabalar bilan turli xil psixologik o‘yinlar o‘tkazilib ularning kayfiyati ko‘tarildi.