Qardoshlar do‘stligi – yurt birdamligi
05.07.2022 2022-07-08 9:10Qardoshlar do‘stligi – yurt birdamligi
Iyul oyi boshida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi voqealarxalqimizni juda qayg‘uga soldi. Norozilik namoyishi yurtimiz ravnaqini ko‘ra olmaydigan, ikki xalq tinchligini buzish va ko‘p yillik qardoshlik aloqalarini uzishga qaratilganligi o‘shandayoq ma’lum edi. Mamlakatimizda bunday holatlar ilgari ham kuzatilgan edi. Bunday sinovlarni birgalikda yengib kelmoqdamiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar qatorida tibbiyotda ham sezilarli natijalarga erishilmoqda.
Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan BUxoro davlat tibbiyot institutiga 67 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning barchasi institut hayotida juda faol. Bayramlarda, ilmiy anjumanlarda, turli tanlovlarda faol ishtirok etishadi. Qolaversa, institut professor-o‘qituvchilari joriy yilning may oyida Xo‘jayli tumanida bir oyga yaqin vaqt tibbiy ko‘riklar o‘tkazishdi. Xulosa qilib aytganda, qoraqalpoq eli xalqimizning ardoqli elatlaridan biri bo‘lib ulgurgan.
Qoraqalpog‘istonda bo‘lgan voqealar, et va tirnoq bo‘lgan ikki millatning o‘rtasidagi do‘stlikka ta’sir etmasligiga ishonaman. O‘ylaymanki, kelgusida bu kabi xunuk voqealar takrorlanmaydi. Xalqimiz muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev atrofida birlashib Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonni birgalikda quradi!