BuxDTI matbuot xizmati

Qator xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshiladi

photo_2023-01-04_15-32-35

Qator xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshiladi

Jahon miqyosida O‘zbekiston nufuzini oshirishda, mavqeyini mustahkamlashda xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati katta.

2022 yilda e’lon qilingan xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshiladi. Masalan, GovTech Enablers indeksining raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 65 pog‘onaga ko‘tarildi.                     

Jahon banki tomonidan Davlatlarning texnologik tayyorgarligi indeksi (GovTech Maturity Index)da mamlakatimiz 198 davlat orasida 43-o‘rinni egallab, 37 pog‘onaga ko‘tarildi.

Matbuot erkinligi indeksida O‘zbekiston birdan 24 pog‘onaga yuqoriladi — 157-o‘rindan 133-o‘ringa.