Qorako’l tuman hokimi bo’lajak shifokorlar bilan uchrashdi
07.06.2023 2023-06-08 11:26Qorako’l tuman hokimi bo’lajak shifokorlar bilan uchrashdi

Qorako’l tuman hokimi bo’lajak shifokorlar bilan uchrashdi
Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining faollar zalida Qorako‘l tumani hokimi Xurshid Toxirov ishtirokida viloyatimizdagi oliygohlarning Qorako‘llik bitiruvchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda shuningdek, tuman hokiminining tegishli o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari hamda yigirmaga yaqin korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Talaba yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar davomida mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan oliy o‘quv yurtlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.


Uchrashuvlarda qorako‘llik bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, bu boradagi mavjud imkoniyatlar, bitiruvchilarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalalari atroflicha muhokama etildi.


Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqot davomida tuman hokimi bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytardi.

Ahamiyatlisi shundaki, bugungi tadbirda bir nechta talabalar shu yerning o‘zida tumandagi tibbiyot muassalarda ishga qabul qilish bo‘yicha shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.




Uchrashuvdan so‘ng Qorako‘l tumani hokimi Xurshid Toxirov Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

