BuxDTI matbuot xizmati

Qorako‘lda sayyor qabul va kengaytirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Qorako‘lda sayyor qabul1

Qorako‘lda sayyor qabul va kengaytirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan Qorako‘l tumani Polvonlar mahallasida aholi uchun sayyor qabul hamda institut klinikasi professor-o‘qituvchi shifokorlari ishtirokida kengaytirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, malakali mutaxassislar tomonidan ularning salomatligi chuqur tekshiruvdan o‘tkazildi.

Ayniqsa, ko‘rik jarayonida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha fuqarolarga zarur tavsiyalar berildi hamda ularga institut klinikasida davolanish va sog‘lig‘ini tiklash imkoniyatlari yaratilgani ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus aholiga yaqinlashgan holda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, erta tashxis qo‘yish va salomatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.