Qorovulbozor Mahalla “yettiligi” uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
15.06.2024 2024-06-21 10:07Qorovulbozor Mahalla “yettiligi” uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Qorovulbozor Mahalla “yettiligi” uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan Qorovulbozor tumanidagi mahalla “yettiligi” xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Davlat boshqaruvi akademiyasi Qarshi filiali direktori Jasurbek Eshtemirov, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshayev, viloyat hokimligi huzuridagi mahalla o‘quv kursi rahbari Qahramon Tursunovlar ishtirokchilarga aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, jinoyatchilikni oldini olish va migratsiyadan qaytarish bo‘yicha yangicha yondashuv asosida ishlarni tashkil etish yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.
Mavzu yuzasidan seminar ishtirokchilari o‘zaro savol-javob asosida bilimlarini yanada mustahkamlab olishdi.
Bu kabi o‘quv-seminarlar mahalla xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish va ishlarini yangicha yondashuv asosida olib borishlariga ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir.