BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Qozog’istonlik hamkor universitet prorektori tashrif buyurdi

photo_2024-04-16_14-22-27

Qozog’istonlik hamkor universitet prorektori tashrif buyurdi

Kecha institutga Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogiga universitetining xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektori Iskakova Aygul Toleutayevna tashrif buyurdi.

Prorektor Laziz Niyozov hamrohligida institutning diqqatga sazovor joylarini ko’zdan kechirgan mehmonni rektor Shuhrat Teshayev qabul qildi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik memoriandumi imzolandi. Unga ko’ra, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, fan, madaniyat va san’at, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashdan iborat

Shuningdek, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishni belgilab olishdi:
1) bakalavrlar, magistrantlar, doktorantlar almashinuvi;
2) qisqa muddatli va uzoq muddatli amaliyot uchun professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi;
3) qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tomonlar vakillarini ma’ruzalar o‘qishga taklif qilish;
4) professor-o‘qituvchilari orasidan doktorantlar uchun rahbarlarni tayinlash;
5) bakalavr va magistr darajalarida qo‘shma ta’lim dasturlarini tayyorlash sohasidagi hamkorlik;
6) tomonlarni qiziqtirgan sohalarda yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar va mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik va boshqa masalalarda hamkorlik qiladigan bo’lishdi.