BuxDTI matbuot xizmati

Qozog‘istonlik nufuzli olimlar Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan munosib taqdirlandi

1418d4c18c091b631e3a8

Qozog‘istonlik nufuzli olimlar Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan munosib taqdirlandi

Joriy yilning 16 may kuni institut dotsenti Laziz Niyozov Janubiy Qozog‘iston viloyatida bo‘lib bu yerdagi universitet rahbariyati bilan muloqot o‘tkazdi. Ta’kidlash joizki, Qozog‘iston respublikasi mamlakatimizning eng yaqin qo‘shni hamkor davlatlaridan biri sanaladi. Ta’lim, savdo—sanoat, harbiy strategik va boshqa bir qator sohalarda davlatlar doim yaqin aloqada.

Muloqot chog‘ida akademik mobillik, talaba va professorlar almashinuvi kabi masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti rektori, Qozog‘iston fanlar akademiyasi akademigi Kojamjarova Dariya Perneshovnaga Buxoro davlat tibbiyot instituti faxriy professori unvoni topshirildi.

Shuningdek, Akademik A.Kuatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti rektori professor Kuatbekova Rabiga Abdumusaevna, professorlar Alpamыsova Guljayna Baygonыsovna va Kedelbaev Baxыtjan Shilmirzaevichga institut dotsenti L.Niyozov “Abu Ali ibn Sino” ko‘krak nishonini topshirdi.