Qozog‘istonlik rezident Buxoro davlat tibbiyot institutida tajriba almashinmoqda
21.10.2025 2025-10-22 17:01Qozog‘istonlik rezident Buxoro davlat tibbiyot institutida tajriba almashinmoqda
Qozog‘istonlik rezident Buxoro davlat tibbiyot institutida tajriba almashinmoqda
Qozog‘iston Respublikasi Astana tibbiyot universitetining rezidenti Ymbeteli Aybek akademik mobillik almashinuvi dasturi doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Oftalmologiya kafedrasida malaka oshirish va tajriba almashinuvi jarayonlarini olib bormoqda.


Tashrif davomida rezident Ymbeteli Aybek oftalmologiya sohasidagi ilg‘or uslublarni o‘rganmoqda, professor-o‘qituvchilar hamda amaliyotchi shifokorlar bilan tajriba almashyapti.

Bunday xalqaro hamkorlik tashabbuslari ikki mamlakat tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi ilmiy va amaliy aloqalarni mustahkamlab, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
