Rahbar va yoshlar uchrashuvi
02.11.2023 2023-11-03 10:58Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Yoshlar kelajak bunyodkori: ayni damda shahrimizdagi Ko’hna va Boqiy Buxoro majmuasidagi Buxoro viloyati musiqali drama teatri binosida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev, hamda ma’naviy barqarorligini ta’minlash masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi M.Mahmudov 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbirda shuningdek, prorektorlar, fakultet dekanlari, hamda tyutorlar ishtirok etishdi.


Rektor Sh.Teshayev Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari uchun o’quv rejadan tashqari ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni bepul o’rganishlari uchun sharoit va imkoniyatlar yaratilganligini ma’lum qildi. Talabalar oʻz fikr-mulohazalarini va takliflarini bildirishdi.


Bo’lib o’tayotgan uchrashuvdan asosiy maqsad yoshlarga oid davlat siyosatida amalga oshirilayotgan ishlar, talabalar turar joylarida talaba yoshlar uchun ta’lim, ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalarda yaratilayotgan keng imkoniyatlarni yoshlarga yetkazish hamda yoshlarni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topishdan iborat.

