BuxDTI matbuot xizmati Video galereya

Raqslar guldastasi:  Milliy raqs xalqimizning eng munavvar qadriyati

cropped-logo_250x250.png

Raqslar guldastasi:  Milliy raqs xalqimizning eng munavvar qadriyati

Andijon polkasi, Suvora, lazgi.. Bu kabi atamalarni barchamiz mohiyatini yaxshi tushunamiz.

O‘sib kelayotgan yosh avlod ongu shuuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma’naviy kamolotga muhabbat tuyg‘ularini singdirishda o‘zbek milliy raqs san’atining o‘rni hamda ahamiyati beqiyos. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an’analari ifodalanadi.

O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi «Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda «Milliy raqs san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari madaniyat va san’at taraqqiyotida o‘ziga xos tarixiy voqea bo‘ldi. 

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan bo‘lajak shifokorlar ham san’atning bu go‘zal turiga boshqacha mehr bilan qarashadi. Bayramu tadbirlarda barcha nafaqat o‘z millatu elatiga xos balki dunyo madaniy merosining ajralmas namunalaridan ijro etishadi. Ayniqsa institutning hindistonlik talabalari yurtimizda tahsil olish bilan birga an’anayu qadriyatlarimizni ham o‘zlashtirib borayotgani quvonarli hol.

Ushbu raqslar aynan Hind millatiga mansub talabalar tomonidan ijro etilgan.  Tomosha qiling va zavqlaning.