BuxDTI matbuot xizmati

Rasmiy munosabat

photo_2023-07-12_10-40-23

Rasmiy munosabat

Bugun internet tarmog‘idagi “Eltuz” nashrida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori Z.S.Bahranovaga tegishli audioyozuv va bir necha epizoddan iborat xabar e’lon qilindi.
Audioyozuvda ish jarayonidagi qadaydir kamchiliklar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda emotsional muomala qilganini tasdiqlaymiz.

Mazkur xabarda ko‘rsatilgan vajlar institut korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan o‘rganildi.

Ta’kidlash joizki, murojaatda keltirilgan vajlar aslida mutlaqo asossiz ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Sababi, institutga ishga qabul qilish jarayoni tegishli ishchi guruh suhbati natijasi asosida amalga oshiriladi, ya’ni prorektor  vakolatiga ishga qabul qilish kirmaydi.
Ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari tegishli organlar tomonidan yoshlarni qo‘llab quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida muntazam darsdan bo‘sh vaqtlarda tashkil qilinadi. Institutning iqtidorli talabalari respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘plab tanlovlarda faxrli birinchi o‘rinlarni egallayotgani bunga misol.

Bayram kunlari ishga jalb qilish holatlari ham kuzatilmagan. Ammo, Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni kabi mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan tadbirlarda institut talaba va o‘qituvchilari ko‘ngilli ravishda ixtiyoriy ishtirok etishadi.

Aynan mana shunday bayramlar munosabati bilan xodimlar va professor o‘qituvchilar oylik maoshdan tashqari moddiy rag‘batlantiriladi.

Murojaatda ko‘rsatilgan boshqa vajlar asossiz ekanini ma’lum qilamiz.
Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.