BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Raxbar va yoshlar uchrashuvi

Raxbar va yoshlar uchrashuvi1

Raxbar va yoshlar uchrashuvi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligida Sog’liqni saqlash vaziri A.Inoyatovning yoshlar bilan oflayn hamda onlayn  muloqotini onlayn tarzda kuzatmoqda.

Sog’liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov o’z nutqida oxirgi 7 yilda tibbiyot tizimini isloh qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishda Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborlari natijasida katta o‘zgarishlar qilinayotganligini, Sog’liqni saqlash tizimidagi mablag’ hajmining 2016-yilga nisbatan 5 barobarga oshganligi, hududlarda yangi tibbiyot punktlari tashkil etilganligini ta’kidlab o’tdi.

Tibbiyot oliygohlari talabalariga yaratilgan imkoniyatlar haqida 2023-yilda erishilgan yutuqlar haqida to’xtalib o’tdi. Vazir A.Inoyatov 2024 yilda yoshlarga oid amalga oshiriladigan ishlarga e’tibor qaratib, ular uchun dastlabki 15 ta yangilik, imtiyoz va imkoniyatlar yaratilishini e’lon qildi.