Referendum
01.04.2023 2023-04-01 15:06Referendum
Yangilanayotgan Konstitutsiya xalqimizni farovon hayot sari yetaklaydi.
Barchamizga malumki, bugun har bir korxona va tashkilotlarda konstitutsiyaviy referendum oldi targ
ibot tadbirlari qizg`in tusda amalga oshirilib kelinmoqda. Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida viloyat sudi raisi Luqmon Qodirov, jinoyat ishlari bo’yicha Jondor tuman sudi raisi Sur’at Naimov, Viloyat sog’qliqni saqlash boshqarmasi boshlig’I o’rinbosari Ixtiyor Abulhaqov va reкtor Shuhrat Teshayev talabalar va viloyatimizdagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar bilan muloqot uchrashuvini o’tkazishdi.
Tadbirda so’z olgan mehmonlar institutda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarga yuqori baho berishdi. Shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning tibbiyot va tibbiy ta’limdagi ahamiyati haqida o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tishdi.
Tadbirida aynan yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan o`zgarishlar xususida keng tushuntirishlar berib borildi.