Referendum 2023
03.04.2023 2023-04-03 10:56Referendum 2023
Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquqlariga oid 10 ta eng muhim yangilikdan xabardormisiz?
✅Insonning huquq va erkinliklari har kimga tugʻilganidan boshlab tegishli boʻladi.
✅Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir.
✅Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi hamda qonunlarning, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.
✅ Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.
✅Insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.
✅Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga ega.
✅ Har kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega.
✅Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
✅Har kim oʻz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
✅Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emas.