Rektor tabrigi
30.06.2025 2025-06-30 14:16Rektor tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli yoshlar, aziz farzandlarim!
Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etayotgan jarayonlarda siz — bilimli, fidoyi va tashabbuskor yoshlar eng muhim o‘rinda turibsiz. Har bir yutuqlaringiz institutimiz sha’ni va nufuzini yuksaltirmoqda.
🟢 Joriy yilda siz yoshlar tomonidan erishilgan muhim natijalardan faxrlanamiz:
Rossiya Federatsiyasi hamda Turkiyaning Sog‘liq Bilimlari Universitetidagi qo‘shma ta’lim dasturlarimiz birinchi bitiruvchilari muvaffaqiyatli tahsilni tamomlab, diplomlarni qo‘lga kiritdilar.
Institutimiz talabalari xalqaro fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etmoqda.
“Ma’rifat maydoni” tanlovining respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan talaba yoshlarimiz institut dovrug‘ini yanada yuksaltirmoqda.
Bir necha nafar iqtidorli talabalarmiz Prezident stipendiyasi ва nomdor stipendiyalar sohibi bo‘ldi.
Bir nafar talaba qizimiz esa “Zulfiya” davlat mukofoti sohibasiga aylanishi orqali institutimizda nafaqat ilm-fan, balki ijtimoiy faollik ham yuksak qadrlanishini namoyon etdi.
Bu kabi muvaffaqiyatlar sizlarning izlanishingiz, ustozlaringiz mehnati, ota-onalaringiz duolari va, albatta, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik samarasidir.
📚 Aziz yoshlar! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oila xotirjamligi, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilishda bardavom kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.