REKTOR TABRIGI
28.09.2026 2026-09-28 17:03REKTOR TABRIGI
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Aziz va muhtaram ustozlar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini olib kiruvchi, yosh avlodga nafaqat bilim, balki hayot saboqlari, ezgulik va yuksak insoniy qadriyatlarni singdiruvchi ulug‘ zotdir. Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, fidoyiligingiz hamda kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz har qanday e’tirofga munosib. Ayniqsa, tibbiyot ta’limi sohasida ustozning o‘rni beqiyos. Bugun talabalarga berayotgan bilim va tarbiyangiz ertaga inson hayotini asrash, xalqimiz salomatligini muhofaza qilishdek olijanob maqsadlarga xizmat qiladi. Sizlarning tajribangiz, kasbiy mahoratingiz va ibratli hayot yo‘lingiz kelajak avlod uchun doimo namuna bo‘lib qoladi. Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Shogirdlaringiz kamolini ko‘rib, mehnatingiz samarasi, el-yurt hurmati va e’tiboridan doimo bahramand bo‘ling! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va qadrli ustozlar!
Shuhrat Teshayev
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati