Rektor yana Shofirkonda
17.01.2024 2024-01-22 9:55Rektor yana Shofirkonda
Avval bir necha bor xabar berilganidek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayevga Shofirkon tumanidagi 38 nafar nogironligi bo’lgan hamda salomatligida muammolari bo’lgan bir guruh yoshlar biriktirilgan edi.
Ta’kidlash joizki, mazkur ro’yxatdagi yoshlardan rektor Sh/Teshayev hamda prorektorlar muntazam xabar olib, ularning salomatligi bo’yicha muammolarini bevosita institut klinikasida davolanish hamda institutga qarashli “Jo’yzar” sog’lomlashtirish markazida sog’ligini tiklash ishlariga yordam berib kelmoqda
Bugun ham Sh. Teshayev hamda fakultet dekanlari shofirkonlik yoshlar holidan xabar olib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari hamda o’quv qurollarini topshirdi.
Davolanish jarayonlarini tashkillashtirish maqsadida mutasaddilarga zarur ko’rsatmalarni berib o’tdi.