BuxDTI matbuot xizmati

Rektor yoshlar muammolarini hal qilish ishlari davom etmoqda

photo_2023-07-15_11-46-39

Rektor yoshlar muammolarini hal qilish ishlari davom etmoqda

Abu ALi ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshayevga biriktirilllgan shofirkonlik yoshlar bilan doimiy ravishda muloqot olib borilmoqda.

Bugun ham yoshlardan biri Hikmatova Muxlisa bilan rektor uchrashdi. Unga tug’ma aqliy rivojlanishning pastligi tashxisi qo’yilgan. Uchrashuvdan so’ng chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

Muxlisaning onasi ham ko’rishda muammolari borligini aytgan shu tufayli shifokor ko’rigiga yo’naltirildi. Buxoro davlat tibbiyot instituti hisobidan bugun Muxlisa, uning onasi va opasi “Jo’yzar” sanatoriyasiga joylashtirildi. Kerakli sharoitlar yaratilib kiyim-kechaklar bilan ta’minlandi.