BuxDTI matbuot xizmati

Rektor yoshlar muammolarini muntazam o‘rganib borilmoqda

photo_2023-05-25_11-58-02

Rektor yoshlar muammolarini muntazam o‘rganib borilmoqda

Avval xabar berilganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar masalalarini o‘rganishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida barcha bo‘g‘indagi rahbarlarga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha qator topshiriqlar berilgan edi. Shunga muvofiq Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektoriga ham viloyatdan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan va boshqa turdagi yoshlardan 38 nafari bririktirilgan edi.

Mazkur topshiriq yuzasidan institut rektori Sh.Teshayev, prorektor Z.Baxranova hamda professor-o‘qituvchilarijrosi ustida ish olib borishmoqda. Ya’ni, ularga biriktirilgan muammoli yoshlarning masalalari o‘rganilib, ularga aniq yechimlar topilmoqda.

Bugun 20 may kuni BuxDTI rektori Sh.Teshayev ham Shofirkon tumanidan o‘ziga biritirilgan tumanlarda yashovchi yoshlar bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi. Uchta mahallada bo’lib, nogironligi bo‘lgan Xusenova Gulasal, Ibodov Bekzod, Xayrullayev Mirzoxid, Xaitova Ruxshona kabi yoshlar bilan bevosita yashash xonadonlariga borib uchrashdi.

Nogironligi bo‘lgan va kasalmand yoshlarni salomatligini tiklash bo‘yicha tegishli tibbiyot muassasalarida davolanishi, malakali vrachlar nazoratga olishini ma’lum qildi. Bundan tashqari og‘ir ijtimoiy avholga tushgan yoshlarning muammo va masalalario‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda unga yechim topish ishlari olib borilmoqda.