BuxDTI matbuot xizmati

Rektorlar bu jumada ham velomarafonda chiqishdi

photo_2023-04-01_12-12-06

Rektorlar bu jumada ham velomarafonda chiqishdi

Buxoro davlat universiteti tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan “Ziyorat velomarafoni” ning navbatdagi manzili Sitorai Moxi-Xossa bo‘ldi.

31 mart kuni tong soat 05:30 da Sitorai Mohi Xossa me’moriy majmuasi tomon yo‘l olgan velomarafonda Buxorodagi bir nechta oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Mazkur an’ana haftaning har juma tonggida bo‘lib o‘tadi. Marafonda ko‘ngillilar ham bemalol ishtirok etishi mumkin. Olimlar suhbatidan bahramand bo‘lish istagida bo‘lsangiz, marhamat, ishtirok eting!