Respublika bosh allergologi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi
31.05.2025 2025-06-02 11:29Respublika bosh allergologi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi
Respublika bosh allergologi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston allergolog va immunologlarining IV an’anaviy forumi doirasida Buxoro shahriga tashrif buyurgan Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Sadullayevna Razikova bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘ldi.


Tashrif davomida institut rektori, professor Shuhrat Teshayev mehmonni kutib olib, institut faoliyati, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari va amaliy baza imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirdi. Professor Ilmira Razikova institutda yaratilgan sharoitlardan, ayniqsa, yosh kadrlarga zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim berish va ilmiy izlanish olib borish imkoniyatlaridan katta taassurot oldi.


Ushbu tashrif doirasida bir qator muhim obyektlar: Axborot-resurs markazi, smart issiqxona, simulyatsiya markazi, klinik baza binolari ko‘zdan kechirildi. Professor Razikova u yerda olib borilayotgan faoliyat, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar, simulyatsion mashg‘ulot xonalari hamda klinik-amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun yaratilgan imkoniyatlarga yuksak baho berdi.


Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalar ustida ishlash, ixtisoslik bo‘yicha malaka oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.


Tashrif yakunida tomonlar bu kabi muloqotlar nafaqat ilm-fan, balki amaliy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishda, ayniqsa, allergologiya va immunologiya sohasida yangi bosqichni boshlab berishiga ishonch bildirishdi.