Romitanlik ikki nafar shifokor olimlikka erishdi.
07.11.2024 2024-11-08 13:41Romitanlik ikki nafar shifokor olimlikka erishdi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali vrachlari Barnoev Axtam Istamovich va Shirinov Mustafo Mo‘minovichning ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun Axtam Barnoev “Tajribada eksperimental o‘pka fibrozida ingichka ichakning morfometrik parametrlarining qiyosiy tasnifi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bordi. Tibbiyot fanlari doktori professor Dilnoza Hasanova rahbarligida bo‘lib o‘tgan dissertatsiya himoyasi bir ovozdan ma’qullandi!
Shuningdek, Mustafo Shirinovning “Eksperemental o‘pka fibrozida oshqozon morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi” mavzusidagi dissertatsiyasiga professor, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshaev ilmiy rahbarlik qildi.