Rossiya Federatsiyasining Voronej viloyati delegatsiyasi institutda bo’ldi.
27.11.2024 2024-11-27 11:24Rossiya Federatsiyasining Voronej viloyati delegatsiyasi institutda bo’ldi.
Rossiya Federatsiyasining Voronej viloyati delegatsiyasi institutda bo’ldi.
Hukumatlar doirasidagi kelishuvga muvofiq 24-26 noyabr kunlari Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev boshchiligidagi hukumat va ishbilarmonlar delegatsiyasi Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Bugun delegatsiya tarkibidagi sog‘liqni saqlash guruhi a’zolari Buxoro viloyatidagi qator tibbiyot muassasalarida bo‘lmoqda. Dastlab, kunning birinchi yarmida Voronej viloyati sog‘liqni saqlash vaziri Igor Banin hamda tibbiyot universiteti prorektori Anna Karpova viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev hamrohligida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib, yaqinda foydalanishga topshirilgan oliygohning o‘quv majmuasi, axborot resurs markazi, zamonaviy klinikasi bilan tanishishdi. Mehmonlar institut faoliyatini yuqori baholashdi.