Rossiyaning nufuzli universitet professori Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘ldi
12.05.2025 2025-05-13 10:45Rossiyaning nufuzli universitet professori Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘ldi

Rossiyaning nufuzli universitet professori Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘ldi
Kuni kecha, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Oliy tibbiyot maktabi fundamental tibbiyot kafedrasi mudiri, ultratovush diagnostikasi shifokori, Tibbiyot fanlari doktori, professor Izranov Vladimir Aleksandrovich hamda Oliy tibbiyot maktabining o’quv dasturlari bo’yich bo’lim boshlig’i Knyazeva Ekaterina Gennadievna tashrif buyurishdi.

BuxDTI ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turadi. Institut ayni paytda 50ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memorandum va shartnomalar bilan ishlamoqda.

Muloqot davomida bakalavriat yo‘nalishida Davolash ishi, Stomatologiya va Farmatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari ochilishi bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Muzokaralar davomida turli ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish, tadqiqot ishlari o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning akademik almashinuvi masalalari ham muhokama qilindi.