BuxDTI matbuot xizmati

Rossiyaning nufuzli universitet rektori va Kaliningrad viloyati sog‘liqni saqlash vaziri Buxoro tibbiyot institutida bo‘ldi

a2050772c6eb1ec64ebc6

Rossiyaning nufuzli universitet rektori va Kaliningrad viloyati sog‘liqni saqlash vaziri Buxoro tibbiyot institutida bo‘ldi

BuxDTI ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turadi. Institut ayni paytda 50ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlamoqda.

Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida Immanuel Kant nomidagi Boltiq Federal universiteti rektori Aleksandr Fyodorov Kaliningrad viloyati sog‘liqni saqlash vaziri Aleksandr Kravchenko va boshqa rasmiy mehmonlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida bakalavriat yo‘nalishida Davolash ishi, Stomatologiya va Farmatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari ochilishi bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Muzokaralar davomida turli ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish, tadqiqot ishlari o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning akademik almashinuvi masalalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida Boltiq Federal universiteti rektori Aleksandr Aleksandrovich Fyodorovga o‘zbekona ehtirom ramzi sifatida zarbof to‘n kiydirildi.