BuxDTI matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tkazish

photo_2022-10-22_10-20-03

Ro‘yxatdan o‘tkazish

Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan Buxoro shahar “Navro‘z” mahallasida yashovchi fuqarolarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish(xatlov) amalga oshirildi. Manzillarda aholi sonini aniqlash,  yashash xonadonlaridagi ahvoli o‘rganildi.

Bunda oliygoh rektori Shuhrat Teshaev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Zubayda Baxranova, dekan muovinlari, tyutorlar shuningdek, mahalla raisi Zulxumor Saidova va mahalla faollari ishtirok etishdi. Xatlov  ishlari davomida mahallaning har bir xonadoniga kirib borilib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan hamda ayni vaqtda ishsiz bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati tuzildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor oila vakillari alohida ro‘yxat qilindi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat  Teshaev har bir xonadonda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning salomatligida mavjud muammolarni yaxshilashda amaliy yordam berishini bildirdi.

“Navro‘z”  mahallasida aholini ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda