BuxDTI matbuot xizmati

Safar Komilov yuksak mukofot bilan taqdirlandi

photo_2022-05-12_23-57-23

Safar Komilov yuksak mukofot bilan taqdirlandi

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joylarda turli tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etildi. O‘tganlar yod etilib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan ustozlar holidan xabar olindi, ko‘ngillar shod etildi.

Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi yig‘ingohida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri B. Musaevning buyrug‘iga asosan viloyat tibbiyotining bir guruh xodimlariga “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishon tantanali ravishda topishirildi.

Viloyat ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi sobiq xirurg vrachi, Buxoro davlat tibbiyot instituti profesori  Komilov Safar Ortiqovich ushbu e’tirofga munosib topildi. Ko‘krak nishoni S.Komilovga institut rektori  Shuxrat Teshaev topshirdi.