BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

Salomatlik haftaligiga start berildi!

Salomatlik haftaligiga start berildi1

Salomatlik haftaligiga start berildi!

📣Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Turkiya tibbiyot fakultetida “Salomatlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar boshlandi.

➡️Haftalikning ilk kuni talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etuvchi rasmlar tanlovi bilan ochildi. Unda fakultetning 1–6-kurs talabalari faol ishtirok etib, o‘z iste’dod va qarashlarini ranglar orqali ifoda etdilar.

✅Tadbir davomida tasviriy san’at nafaqat ijodiy ifoda vositasi, balki ruhiy terapiya sifatida ham muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi. San’at inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Salomatlik haftaligi davom etmoqda va oldinda yana ko‘plab qiziqarli tadbirlar kutmoqda!