BuxDTI matbuot xizmati

Sharaf lentalari – qahramonlik va minnatdorchilik timsoli!

Sharaf lentalari33

Sharaf lentalari – qahramonlik va minnatdorchilik timsoli!

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan institutda “Sharaf lentalari”ni tarqatish bo‘yicha vatanparvarlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu lentalar ota-bobolarimizning ko‘rsatgan beqiyos jasoratiga bo‘lgan cheksiz hurmat, bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun qalbimizdagi chuqur minnatdorchilik hamda vatanimiz kelajagiga bo‘lgan sadoqat ramzidir.

Talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar ko‘ksiga faxr bilan qadalgan bu lentalar har birimizga tinchlikning naqadar aziz ne’mat ekanligini, uni ko‘z qorachig‘idek asrash burchimiz ekanini yana bir bor eslatib turibdi. Zero, o‘tganlar xotirasini yod etish va keksalarni e’zozlash bizning oliy qadriyatimizdir.