Shaxmat – bu miya uchun eng yaxshi gimnastika
16.10.2023 2023-10-17 12:24
BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Sport tadbirlari Talabalar hayoti
Shaxmat – bu miya uchun eng yaxshi gimnastika
Shaxmat – bu miya uchun eng yaxshi gimnastika
🏆Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan Talabalar ligasi sport musobaqalari doirasida bo’lgan sportning Shaxmat turi bo’yicha bahslar viloyat Yoshlar markazida bo’lib o’tdi.
✔️Shiddatli o’yinga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev ham qiziqish bildirdi. Turnir hamma uchun qiziqarli daqiqalarga boy bo’ldi.
Shaxmat juda qadimiy o’yin. Taxminlarga ko’ra, shaxmat Hindistonda to’rtinchi yoki beshinchi asrlarda paydo bo’lgan, ammo uni kim ixtiro qilgani noma’lum. Shaxmat – bu ikki o’yinchi o’rtasidagi intellektual musobaqa. Bu juda mantiqiy o’yin bo’lib, unda omad kichik rol o’ynaydi.