Shifokor bo‘lish orzusidagi aziz yoshlar, qadrli abituriyentlar!
31.07.2023 2023-08-01 9:21Shifokor bo‘lish orzusidagi aziz yoshlar, qadrli abituriyentlar!
Butun dunyo tibbiyotiga tamal toshini qo‘ygan yurt – Buxoroi sharifning darvozasida joylashgan alloma Abu Ali ibn Sino nomi bilan ataladigan tibbiyot oliygohiga tahsil olish istagini bildirganingiz uchun ko‘p ming sonli talabalar va jamoa nomidan tashakkur izhor etaman!
Ertaga boshlanadigan sinov imtihonlarida siz aziz abituriyentlarning ortingizda turadigan yaqinlaringiz umid bilan sizni qo‘llab turishadi.
Qolaversa, sizga saboq bergan ustozlaringiz, do‘stlaringiz, vatanimiz va yurtboshimizning ham siz azizlardan umidi katta. Va albatta ishonamizki, sizlar porloq kelajak sari qo‘yadigan qadamingiz xayrli kechadi.
So‘ngi yillarda Prezidentimizning shaxsiy tashabbus va irodalari bilan barcha sohalar singari ta’limga va ayniqsa, abituriyentlarning o‘zi istagan oliygohni tanlash va unga o‘qishga kirishi uchun adolatli, shaffoflikka asoslangan keng imtiyoz va qulayliklar yaratildi. Bunga hammamiz guvoh bo‘lmoqdamiz.
O‘z ustida tinimsiz ishlagan, tunu kun kitob varaqlab ilm olgan har bir yosh albatta maqsadiga erishadi.
Qolaversa davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’limga qamrovning yildan yilga kengaytirilayotgani ham siz yoshlarga o‘z maqsadingizga erishish uchun katta madad bo‘ladi.
Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida sakkiz mingdan ortiq talalabalar zamonaviy tibbiyot ilmini o‘rganmoqda. Buning uchun
Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi binoda barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud.
Xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan talabalarga dunyoning eng mashhur oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish imkoniyati yaratilgan.
So‘zim oxirida siz azizlarga ham talabalik baxtiga muyassar bo‘lishni, mana shunday imkoniyatlardan foydalanishingizni tilayman.
Ertaga bo‘lib o‘tadigan imtihonlarda omad va muvaffaqiyat tilab talabalik baxtiga sazovor bo‘lishingizni tilayman
Samimiy ehtirom bilan,
Shuhrat Teshayev, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori