SHUHRAT TESHAYEVGA “FAXRIY PROFESSOR” UNVONI BERILDI
28.09.2026 2026-09-30 10:44SHUHRAT TESHAYEVGA “FAXRIY PROFESSOR” UNVONI BERILDI
Akademik E.A. Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti Kengashi tavsiyasiga ko‘ra, tibbiyot fanlari doktori, professor Teshayev Shuhrat Jumayevichga “Faxriy professor” unvoni berildi.
Ushbu yuksak e’tirof ustozning tibbiyot fani va ta’limi rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi, ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati hamda professional mehnatining munosib samarasidir.
Shuhrat Jumayevichni ushbu yuksak unvon bilan samimiy muborakbod etamiz! Ustozga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz!
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati