BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

SHUKRONALIK – ENG ULUG‘ FAZILATDIR mavzusida ma’rifat darsi o’tkazildi

SHUKRONALIK – ENG ULUG‘ FAZILATDIR mavzusida ma'rifat darsi o'tkazildi5

SHUKRONALIK – ENG ULUG‘ FAZILATDIR mavzusida ma’rifat darsi o’tkazildi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Ma’rifat darsi” har haftada tyutorlar tomonidan taqdim etib kelinmoqda.

Tyutor M.X. Po’latova, N.S. Najmetdinova

Buxoro davlat tibbiyot instituti Biotibbiyot fakultet talabalari uchun SHUKRONALIK – ENG ULUG‘ FAZILATDIR mavzusida ma’rifat darsi o’tkazildi.

Ushbu Ma’rifat darslarida talabalarga 4 bosqichda olib borildi:

Vatanimiz osmoni musaffo, tinchlik-osoyishta bu hayotimizni shukrini qilish shu aziz yurtda yashayotgan har bir fuqaroning ham qarzi, ham farzi bo‘lishi darkor. O‘zini, oilasini, yaqinlarini, butun insoniyatni va kelajak avlodlarni o‘ylagan har bir shaxs bu haqiqatni teran anglaydi. Bu ishda har kim qo‘lidan kelgan hissasini qo‘shmog‘i lozim. Bilib turib beparvo bo‘lishga hech haqqimiz yo‘q. Yurtimiz tinchligi, osmonimizning musaffoligi, bugungi tinchlik-osoyishtalik, erkin va farovon hayotga shukrona keltirish, uning qadriga yetish xayri barakani yanada ziyoda qiladi. Zero, tinchlik-osoyishtalik hukm surgan joyda, yuksalish, taraqqiyot bo‘ladi. Mamlakat gullab-yashnaydi.

Fakultet tyutorlari SHUKR QILISHNI BILMASAM NIMA QILAY? degan talabalar savollarga bir nechta tavsiyalar berilib ma’rifat darsini davom etirishdi.

Ma’rifat soatining 4-bosqichida, talabalar uchun O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” kitobini birgalikda o’qish
tavsiya etildi. Qisqacha ushbu kitobning mazmun mohiyatini tushunish maqsadda talabalar bilan birgalikda o’qildi.

“SHUKRONALIK – ENG ULUG‘ FAZILATDIR” mavzusidagi ma’rifat darsini yanada boyitish maqsadda Video lavhalar yordamida boyitib, talabalar ongiga singdirish maqsadda qiziqarli olib borildi. Dars yakunida berilgan ma’lumot va materiallar bo’yicha auditoriyadagi tyutorlar va talabalar bilan savol-javob va muhokamalar ham tashkil etildi.